Ayrim ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, quyidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar bekor qilindi:

  • foydali qazilmalarning zaxira va resurslari, ularning qazib olish va sotish hajmlari, mablag‘larning taqsimlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning 2013 yildan boshlab milliy va xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari;
  • 2017 yil 1 yanvar holatigacha davlat oltin valyuta-zaxiralarining yillik hajmlari va ularning tarkibi;
  • davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarning umumiy hajmi, ularning manbalari, valyutalari, foiz stavkalari, so‘ndirish muddatlari, shuningdek qarzdor tashkilotlar kesimida o‘zlashtirilishi va qaytarilishi bo‘yicha ma’lumotlar.