“O'zavtosanoat"da yangilangan “Cobalt"ni ishlab chiqarish rejasidan voz kechildi. Bu haqda 5 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar beradi Spot muxbiri.
Kompaniya vakillari ta’kidlashicha, modelni “yangi” deyish qiyin, chunki u ko’pdan beri boshqa mamlakatlarida ishlab chiqarilmoqda. Qayd etilishicha, “General Motors"nig O’zbekistonda eski modellari ishlab chiqilgan tajribadan voz kechish ko’zda tutilmoqda.
“Biz “General Motors"ning ishlab chiqarishga kirishni rejalashtirayotgan yangi modellarini o’zlashtiramiz”, deydi texnik siyosat va mahalliylashtirish bo’yicha kompaniya rahbarining o’rinbosari Azizbek Shukurov.
O’zbekistonda yangilangan “Cobalt"ni ishlab chiqilishi haqida 2017 yilning noyabrida e’lon qilingan bo’lib, bu model ichki va tashqi bozorlarda avtomobilning jozibadorligini oshirishi kerakligi ta’kidlangan edi.
Matbuot anjumanida, shuningdek, SUV segmentida ikkita modelni yig’ish bo’yicha ishlar olib borilayotgani ma’lum bo’ldi. “O'zavtosanoat” 2018-yilda “Captiva” ishlab chiqarilishi to’xtatilganini eslatib, yangi modellar uning o’rnini bosishi kerakligi qayd etildi.
Bu aynan qanday model ekanligi haqida ma’lumot berilmagan bo’lsa-da, ularni 2019 yilning uchinchi choragida taqdim etishni rejalashtirganligi ma’lum qilindi.