“GM Uzbekistan” o’z nomini kelgusi bir necha oy ichida o’zgartiradi. Bu haqda 5 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-xollida “O‘zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar beradi Spot muxbiri.

Ta’kidlashicha, yangi nom alohida e’lon qilinadi. Kompaniya o’z nomini “O'zavtosanoat” “General Motors” kompaniyasining ulushini sotib olganligi uchun o’zgartiradi.

Matbuot anjumanida 2018 yilda avtomobillar va butlovchi qismlar eksporti 25,5 million $ ni tashkil etgani, 2019 yilda bu ko’rsatkich 118,6 million $ ga ko’tarish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Kompaniya Afg’onistonga avtomobillarni yetkazib berishni boshlashydi.

Shuningdek, 2018-yilda ishga tushirilgan avtomobillarning onlayn-sotuvi tizimi blokcheyn asosida tuzilganligi tasdiqlandi. Iste’molchilar avtomobillar xaridining har bir bosqichini kuzatishi mumkin, bu jarayonning oshkoraligini ta’minlaydi.

O’tgan yili kompaniya 100 dan ortiq komponentni mahalliylashtirishga muvaffaq bo’ldi, bu esa mahalliylashtirish hajmini 3% ga oshirdi. Natijada, yillik import 14,6 million $ ga kamaydi, 2019 yilda yillik importni 17 million $ ga kamaytirish ko’zda tutilmoqda.

Kompaniya shuningdek, umumbelgilangan soliqlarni to’lashga o’tganligiga qaramasdan, avtomobillar uchun narxlar ko’tarilmaganligini qayd etdi.