Google 16 yoshdan yuqori bo’lgan butun dunyo talabalari va mutaxassislar uchun jamoaviy dasturlash — Hash Code tanlovini o’tkazmoqda.

Tanlov onlayn saralash bosqichidan boshlanadi. Ro’yxatdan o’tilgandan so’ng ishtirokchilarga jamoani tashkil etish, xabga qo’shilish va mashq qilish mumkin bo’lgan onlayn platformaga kirish huquqi beriladi. Vazifani hal qilish uchun jamoada to’rt soat vaqt bo’ladi.

Eng yaxshi jamoalar (hakamlar eng ko’p ball to’plagan 30 dan 50 gacha jamoani tanlaydi) final bosqichida pul mukofotlari uchun kurashish uchun Dublin (Irlandiya) da joylashgan Google ofisiga taklif qilinadi. Final bosqichida ishtirok etadiganlarga Google 100 $ dan oshmaydigan viza xarajatlarini qoplaydi va Dublinda yashash, yo’l harajati uchun stipendiya ajratishi mumkin.

Yakuniy bosqichda g’olib chiqqan jamoaning har bir a’zosi uchun quyidagi mablag' taqdim etiladi:

  • 1-o'rin — $ 4000;
  • 2-o'rin — $ 2000;
  • 3-o'rin — $ 1000.

Arizalar 25 fevralga qadar qabul qilinadi. Havola orqali shartlar bilan batafsil tanishish va ariza topshirish mumkin.