Hukumat qarori bilan 2016 yil 1 apreldan “O'zbekiston temir yo’llari “Aksiyadorlik jamiyatining bosh menedjer — bosh muhandisi lavozimida ishlab kelayotgan Xusnutdin Xasilovga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi vazifasini bajarish yuklandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Husnutdin Xasilov (1970 yil Toshkent viloyatida tug’ilgan) 1992 yilda Toshkent temiryo’l muhandislari institutining injener-mexanik mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1992 yilda “O'zinterservis” qo’shma korhonasida tarmoq boshlig’i sifatida boshlagan. 1999 — 2002 yillar “O'ztemiryulmashta'mir” unitar korxonasida turli lavozimlarda ishlagan. 2002 — 2008 yillar strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig’i, bir vaqtning o’zida “O'zbekiston temir yo’llari” DATK bosh menedjer — bosh muhandisining o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
2011 yilda “O'zbekiston temir yo’llari “DATK bosh menedjer — bosh muhandisi lavozimiga tayinlangan. 2014 yilda O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Departament mudiri lavozimiga tayinlangan.
Achilbay Ramatov 2002 yildan “O'zbekiston temir yo’llari” boshqaruvining raisi lavozimida faoliyat olib borgan.