Endilikda Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar ruhsatnomasiz alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanishga haqli. Bu haqda prezident farmonida keltrilgan.
Farmon bilan mahalliy pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish barcha savdo korxonalari, shuningdek, mehmonxonalar xizmatlarini hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsat etish guvohnomasi bo‘lmasdan turib umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste’moletil spirtini realizatsiya qilish 100% haqini oldindan to‘lash shartlarida amalga oshiriladi va iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, farmonga muvofiq, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mahsulotni faqat ulgurji tashkilotlarga realizatsiya qiladi, pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirish ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.