2019 yil 1 aprelga qadar O‘zbekistonda biznes yuritish veb-sayti yaratiladi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.

Yaratiladigan sayt Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisoboti so‘rovnomalari asosida 10 ta indikator kesimida qat’iy belgilangan axborotlarni o‘z ichiga oladi.

Xususan, respondentlar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish imkonini ta’minlaydi.

Shuningdek, qaror bilan 2019 yil 1 martdan quyidagilar bekor qilinadi:

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarning hujjatlarga muhr bosilishini talab qilish;
  • qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqida xabardor qilish mexanizmini joriy etish orqali ularni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish;
  • qurilish sohasini nazorat qiluvchi hududiy inspeksiyalar tomonidan shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni bajarish yuzasidan shartnomalar tuzish tartiblari.