6 fevral kuni viloyat hokimligida mazkur yo‘nalishda Sherobod tumanida yana bir istiqbolli loyihani amalga oshirish yuzasidan “JO'RAEV FRUITS” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan muloqot o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Unda umumiy qiymati 5,5 million AQSH dollari miqdoridagi loyiha asosida zamonaviy issiqxonalar majmuasi, meva-sabzavot saqlash uchun 4,5 ming tonna sig‘imli muzlatgich-omborxona va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qurish, buning uchun zarur yer maydonini ajratish masalasi muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur ob’ektlar yuqori va sifatli hosil yetishtirish, xalqimizni arzon narxdagi mahsulotlar bilan ta’minlash, eksportga ham yo‘naltirish bilan bir qatorda 120 ta yangi ish o‘rnini yaratish imkonini beradi.

Loyiha 2019 yil oxiririga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.