Joriy yilning 4 fevralidan “ROBO CODERS 2019” tanlovi o’z startini oldi. Mazkur tanlovda dasturlash tajribasiga ega 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan istalgan talabgor uning ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Tanlov robototexnika uchun dasturlash sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash uchun oʻtkaziladi.

Axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash va yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Tanlov dasturi uchta nominatsiya doirasida 9 ta sovrinli o’rinlarni o’zida jamlagan:

  • Uchta birinchi o’rin (HP 250 G6 i3−6006 4/500 noutbuki);
  • Uchta ikkinchi o’rin (Acer Extensa EX2519 N3160 4/500 noutbuki);
  • Uchta uchinchi o’rin (Xiaomi Redmi Note 5 64 ГБ smartfoni).

Shuningdek, ko’p sonli rag’batlantiruvchi sovrinlar quyidagi nominatsiyalarga taqdim etiladi:

  • Eng tez coder;
  • Eng sodda algoritm;
  • Eng yosh dasturchi.

Ishtirokchilarni ro’yxatga olish 2019 yilning 4 fevralidan 15 fevraliga qadar havola orqali amalga oshiriladi.