Navoiy viloyati hokimligida Kanada davlatidan tashrif buyurgan investorlar bilan bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo’mitasi matbuot xizmati.
Kanadaning “Abot” kompaniyasi vitse prezidentlari bilan investitsiya kiritish maqsadga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Xususan, investorlar tomonidan shirin jo‘xori yetishtirish va undan bioyoqilg‘i (bioetonol, biodizel, biogaz va boshqalar) ishlab chiqarishni tashkil etish taklif etildi.
Bunda, shirin jo‘xori yetishtirish uchun unumdor yer talab etilmasligi va yiliga 1 marta sug‘orish orqali hosil olish imkoni mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Muzokaralar natijasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olinib, Navoiy shahridagi davlat xizmatlari agentligidan “Abot-Ginetik” MCHJ shaklidagi xorijiy korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi.