Surxondaryoda kovrak xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan zavod quriladi, deb yozadi viloyat hokimligi matbuot xizmati o’zining Facebook’dagi sahifasida.
Umumiy qiymati 500 ming $ bo‘lgan ushbu loyihaga ko‘ra, o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalangan holda har yili 1000 gektar maydonda kovrak yetishtirish, 2019 yilning sentyabr oyiga qadar yangi zavod barpo etish va kovrak shirasini qayta ishlash liniyasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratish, yiliga 1 million $ dan kam bo‘lmagan miqdorda mahsulotlar eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xabarga ko’ra, 6 fevral kuni viloyat hokimligida “Golden Farms” xorijiy korxonasi vakili Narayan Sundaram bilan bo‘lgan muloqotda ham Sherobod tumanida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib kovrak yetishtirish, uning xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan zavod qurish, mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish masalalari muhokama etildi: