“Mediorad plyus KFT” kompaniyasi vakillarini Andijon viloyat hokimi qabul qildi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Kompaniya viloyat reabilitatsiya shifoxonasini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha bino qurish va jihozlash uchun 12 million yevro miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
“Biz 52 ta yetakchi kompaniyaning avtorizatsiyasiga (ya'ni ular tomonidan ishlab chiqariladigan uskuna va jihozlarni o‘zimiz qurigan binolarga o‘rnatish huquqi) egamiz. Demoqchimanki, eng ilg‘or texnologiyalar asosida jihozlash niyatidamiz”, — deydi kompaniya vakili Vladimir Serov.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmonov so‘zlariga ko‘ra, sobiq shifoxona o‘rnida kardiojarrohlik va xavfli o‘sma kasalliklari yo‘nalishidagi zamonaviy klinika barpo etiladi.
“Mediorad plyus KFT"asli rossiyalik ishbilarmonlarga tegishli injiniring kompaniyasi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida joylashgan. Turli bino va inshootlarni jahon standartlari darajasida qurish, jihozlash bilan shug‘ullanadi.