O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha tovar belgilarini to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha tovar belgilarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalar bekor qilish choralarini ko‘riladi.
Ushbu tadbir O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan hammaga ma’lum tovar belgilarining nohalol ro‘yxatdan o‘tkazilishini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
SShuningdek, intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘riladi.