Uzbekistan mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.
Davlatning mehmonxonadagi ulushi 80,13% ni tashkil etadi. Baholangan boshlang’ich narx — 33 million $ bo’lib, maksimal to’lov muddati 3 yilni tashkil etadi.
Tanlovda qatnashish uchun talabnoma beruvchi davlat ulushining boshlang’ich bahosidan kamida 15% miqdorida o’z majburiyatlarini bajarish uchun kafillik sifatida depozit qo’yishi shart.
“Uzbekistan” Toshkent shahri markazidagi to’rt yulduzli mehmonxona bo’lib, 1974 yilda barpo etilgan. Unda 223 ta xona mavjud.