Spot 2019 yil yanvar oyida O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining xorijiy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.
“Ziraat Bank Uzbekistan”
Foiz stavkasi — 7,5%. 36 oylik omonat qo’yish uchun kamida 500 $ ga ega bo’lish kerak. Qo’shimcha depozitlar faqat dastlabki 12 oy ichida qabul qilinadi. Foizlarni muddatidan oldin olib qo’ygan taqdirda, foizlar amaldagi stavkaning 50% miqdorida to’lanadi.
“Orient Finans Banki”
Stavka 7% tashkil etadi. Depozit 1100 kunga, ya’ni uch yilga beriladi. Dastlabki minimal depozit 500 $ ni tashkil etadi, ammo qo’shimcha mablag’lar qabul qilinmaydi. Agar pul tezda qaytarib olinsa, omonat bo’yicha foizlar to’lanmaydi.
“Infinbank”
Foiz stavkasi — 6.5%. Omonat muddati — 13 oy bo’lib, boshlang‘ich badali — 1000 $ ni tashkil etadi. Qo’shimcha badallar faqat dastlabki olti oy davomida qabul qilinadi. Omonat muddatidan avval yopilganda foizlar to’lab berilmaydi va to’langan foizlar omonat summasidan ushlab qolinadi.
“Agrobank”
Foiz stavkasi — 6%, muddati — 18 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam miqdori 100 $ ni tashkil etadi. Pul mablag’lari naqd pulda naqd pulda, omonatlarni qayta rasmiylashtirish va Visa plastik kartasi orqali qabul qilinadi. Hisoblangan foizlar oyda bir marta mijoz talabiga binoan naqd pulda yoki avtomatik ravishda plastik kartaga o‘tkaziladi.
“Kapitalbank”
Foiz stavkasi 6% ni tashkil etadi. Boshlang’ich badalning minimal miqdori 500 $ yoki yevro. Foiz stavkasi — pul mablag’lari omonatda joylashtirilgandan so’ng birinchi oydan o’n ikkinchi oygacha yillik 6%, o’n uchinchi oydan yigirma beshinchi oygacha yillik 5%. Depozitni 2 yoki 3 oy ichida yopib qo’ysangiz, foizlar yiliga 3%, 4−6 oyda — 4%, 7−12 oyda — 5%, 13 oy va undan ortiq miqdorda foizlar summasi omonat shartlariga binoan to’liq to’lab beriladi.
“Trastbank”
Foiz stavkasi — 6%. Muddati — 25 oy. Ro’yxatga olish uchun kamida 500 $ talab qilinadi.
“Turonbank”
Foiz stavkasi — 6%, muddati — 3 yil. Boshlang’ich to’lovning eng kam miqdori 100 $ ni tashkil etadi, qo’shimcha mablag' kiritish mumkin.
“Hamkorbank”
Foiz stavkasi — 6%, muddati — 25 oy. Eng kam sarmoya 500 $ bo’lishi kerak. Omonat hisobvarag’i muddatidan 12 oydan oldin talab qilinsa, omonat foizi to’lanmaydi.
“O'zsanoatqurilishbank”
Foiz stavkasi — 6%, muddati — 13 oy. Minimal badal summasi — 100 $. Omonatga mablag‘lar naqd pulda qabul qilinadi. Omonatning saqlash muddati davomida qo‘shimcha mablag‘lar kiritilishi ko‘zda tutilmagan. Foizlar, har oyda to‘lov amalga oshiriladigan kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mda to‘lab beriladi.
Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.
Ilgari Spot 2019 yil yanvar oyida O’zbekiston banklarida milliy valyutadagi eng daromadli omonatlar haqida ma’lumot bergan edi.