Moliya vazirligi London fond birjasiga havola qilib bergan ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekiston tarixda ilk marotaba 1 milliard dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirdi.
Qarz obligatsiyalarini yopish muddati 2024 va 3029 yil fevral oylari etib belgilandi.
O‘zbekiston avvaliga obligatsiyalar daromadliligini 5,3 -6% miqdorida belgilagan edi, ammo talabning yuqoriligi sababli foiz stavkalari qayta ko‘rib chiqilib, ularni 4,75% va 5,3% gacha tushirildi.
Joylashuv talabga javob beradigan va yaxshi diversifikatsiya qilingan bo’lib chiqdi, chunki institutsional investorlardan 3,8 milliard $ lik 150 ga yaqin taklif qabul qilindi.
Jo’g’rofiy nuqtai nazardan britaniyalik investorlar 5−10 yillik obligatsiyalarning 39% va 32%ini, amerikaliklar 23% va 31%ini xarid qildilar. Kontinental Yevropa investorlari 32% va 37%iga ega bo’ldilar, qolgan 6% va 10%i esa Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika investorlari tomonidan sotib olindi.
Obligatsiyalarning aksariyatini (75% va 78%) boshqaruv fondlari, sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlari (20% va 16%), hamda banklar (5−6%) xarid qildi.