2019 yilning 4 fevraldan 10 fevralgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 620 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 2,8 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 22% ga teng. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 18% ulush bilan joylashdi.
Keyingi o‘rin Andijon viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 13% ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 47% ga teng.