Soliq islohotlarining dastlabki natijalariga koʻra, 2019 yil yanvar oyida 14,2 mingta yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravarga koʻp yuridik shaxslar soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olindi, deb xabar beradi Davlat soliq qo’mitasi matbuot xizmati.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari soni 35,1 mingtaga yetib, 5,1 baravarga, foyda soligʻi toʻlovchilari soni 32 mingtaga yetib, 4,2 baravarga oshdi.

Shuningdek, byudjetga soliq tushumlari 5,4 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 176%ga, shundan:

  • qoʻshilgan qiymat soligʻiga 1,4 trln. soʻm tushum taʼminlanib, 217,5% ga;
  • foyda soligʻiga tushumlar miqdori 389,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, 228,3% ga;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 717,5 mlrd. soʻm tushum taʼminlanib, 161,5% ga oʻsdi.