2019-yil yanvar oyida eksport hajmi 1 675 729,9 ming. $ ga (o`sish sur`ati 16,6%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Eksport tarkibida tovarlar 88,0% ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (14,8%), oziq-ovqat mahsulotlari (3,6%), shuningdek, qora va rangli metallar (5,3%) guruhlari hissasiga tog`ri kelmoqda.
2019-yilning yanvar oyida eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida o`tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli o`zgarishlar qayd etilmadi, lekin 2019-yilning yanvar oyida amalga oshirilgan eksportning umumiy hajmida ayrim turdagi tovar va izmatlarda o`sish sur`atlari qayd etildi.
2019-yilning yanvar oyi mobaynida eksport qilingan tovarlar hajmi, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 228,9 mln. $ ga ko`p eksport qilindi va 1474,4 mln. $ ni tashkil etdi. Xizmatlar eksporti esa 201,3 mln. $ ga yetgan.
Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga to`g`ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 31,8% ini tashkil qiladi.
2019 yil yana faol oltin sotuvi bilan boshlandi
Yanvar oyida O‘zbekiston 1,6 milliard $ lik mahsulotlar eksport qilgan bo’lsa, bundan 812 million $ oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilda ham shunday holat kuzatilgandi, yanvar oyida mamlakat 1,4 milliard $ lik mahsulotlar eksport qilgan, biroq o‘shanda oltin yanada ko’proq eksport qilingan (846 million $ lik).
Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 863,6 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 46,1% ga o’sdi.