Buxoroda o‘tkazilgan Ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi Xalqaro forum o’tkazildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro forum doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida forum qatnashchilari Buxoro shahriga turistlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha bir nechta maslahatlar berildi.
Ulardan biri — Buxoro aeroportini “ochiq osmon” formatiga o‘tkazish. Malaziyalik mutaxassisning aytishicha, chet ellik mehmonlar uchun avval Toshkentga qo‘nib, so‘ng Buxoro yoki boshqa shaharlarga borish noqulaylik tug‘diradi.
Ilgari Spot Nukus aeroportidagi “Ochiq osmon” rejimi 2019 yil yoz faslida ishga tushirilishi haqida xabar bergan edi.