Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:
- Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 10 so’mga ko’tarilib, 8 403 so‘mni tashkil qildi.
- Yevro 52 so’mga ko’tarilib, 9 530 so‘mni tashkil qildi.
- Rossiya rubli 2 so’mga ko’tarilib, 128 so‘mni tashkil qildi.
Fevral oyining boshida yil boshidan buyon dollar kursi 8401 so’mni qayd etgandan so’ng birinchi marta pasaydi.
Markaziy bak ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yil mobaynida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yanvar oyida 2,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha ularning soni 5,1 mingtaga yetdi.
Ilgari Spot yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun loyihasi to’liq tayyorlangani va O‘zbekistonda bank islohoti: davlat ulushini qisqartirib, xorijiy banklar sonini ko‘paytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.