Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, yetkazib berish summasi eksport bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunida 20 ming $ ekvivalentidan oshmasligi shartiga rioya qilgan holda kontrakt tuzmasdan invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish bo‘yicha cheklov bekor qilindi.
Yuridik shaxslar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxlardan sotib olinganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasdan qo’llaniladi.
Shuningdek, qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosini olib kirishga bo‘lgan bojxona imtiyozlari 2020 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.