HMD Global kompaniyasi 25−28 fevral kunlari Barselonada bo’lib o’tadigan MWC 2019 ko’rgazmasining ochilishiga Nokia 210 telefonini taqdim etdi.
Ta’kidlanishicha, Nokia 210 internetga kirish imkoniga ega bo’lgan eng “hamyonbop” va qulay telefon.
Qurilmada tugmali klaviatura, kamera, ilovalar do’koni va Opera Mini brauzeri mavjud. Telefon QVGA kenglikka ega 2,4 dyuymli displey, FM-radio, svetodiodli fonarcha, 1020 mAh batareya bilan jihozlangan. O’lchamlari: 120,8×53,49×13,81 mm, og’irligi esa 82 gramm.
Nokia 210 kelgusi haftada qora, qizil va kulrang rangdagi variantlarga 35 $ narx bilan sotuvga chiqariladi.