“Oʻzbеktеlеkom” AK “OʻzMobayl” filiali tomonidan “Navoiy” Xalqaro aeroportida 3G/4G texnologiyasidan foydalangan holda baza stansiyalarni oʻrnatish va sozlash ishlari yakunlandi, deb yozadi AKT vazirligi matbuot xizmati.
Xabarga ko’ra, xalqaro aeroportning terminali hududida yoʻlovchilar, xodimlar va kutib oluvchilar yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanishlari uchun Qcell (Lamp Site) texnologiyasi boʻyicha qoʻshimcha maxsus qurilmalar oʻrnatildi.
“Bu vaqtgacha mazkur viloyat markazi aeroporti hududida UZMOBILE GSM tarmogʻining bunday sifatli qoplamasi mavjud emas edi”, deyiladi xabarda.
“Mazkur haftada bir nechta yangi manzilda: Qoraqalpogʻiston (Qoʻngʻirot tumani, Ravshan hududida) va Toshkent viloyati (Oʻrtachirchiq tumani, Qorasuv shaharchasi) da baza stansiyalari oʻrnatildi.
Ta’kidlanishicha, antenna-machta inshootlari va zamonaviy yangi qurilmalarning ishga tushirilishi bilan hududda aloqa sifati va qoplash zonasi yaxshilanadi hamda barcha standartlarga muvofiqlashtiriladi.