Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, tadbirkorlar ulgurji savdo litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ega. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarning tushumlariga yagona soliq to‘lovi qo‘llaniladi.
Yuridik shaxslar eksportni dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda kontraktni sug‘urta polisisiz amalga oshirishlari mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa dastlabki to‘lov, akkreditiv ochish yoki xaridor banklarning kafolati mavjudligi bo’lgandagina eksport qilish huquqi beriladi.
Yuridik shaxslar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxlardan sotib olinganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasdan qo’llaniladi.
Mahsulotlarni transportda tashishda tabiiy yo‘qolish kuzatilganida bu haqda tadbirkorlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ma’lumot kiritadi.
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontrakti bo‘yicha debitorlik qarzi mavjud tadbirkorlar avtomatik ravishda nohalol eksportchilar reyestriga kiritiladi.
Nohalol eksportchilar keyingi eksportini faqat 100%li oldindan to‘lov sharti bilan amalga oshiradi.