Samsung kompaniyasi MWC 2019 ko’rgazmasi doirasida ikkita yangi A seriyasi smartfoni — Galaxy A30 va Galaxy A50 ni namoyish etdi.

Ikkala yangi mahsulot ham kompaniyaning “Infinity-U” displeyli ilk smartfonlari bo’ldi. Ular Full HD + kenglikdagi 6,4 dyuymli Super AMOLED ekranlari va 4000 mAh akkumulyator bilan jihozlangan.

Qurilmalarning samaradorligini 1,8 GGs va 2,3 GGs chastotali sakkiz yadroli protsessorlar ta’minlaydi.

Galaxy A30 va Galaxy A50 kameralar, operativ va ichki xotira hajmi va barmoq izlari skanerlari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Galaxy A30'da ¾ GB operativ, 32/64 GB ichki xotira, asosiy 16+5 megapikselli va 16 Mp old kamera mavjud.

Galaxy A50'da 25 Mp + 5 Mp + 8 Mp bo’lgan uchta asosiy va 25 Mp old kameralar o’rnatildi. Smartfon 4/6 GB operativ va 64/128 GB ichki xotira bilan sotuvga chiqariladi.

Galaxy A30 va Galaxy A50 mart oyining o’rtalarida sotuvga chiqariladi, lekin narxlari ma’lum qilinmadi.