Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi (2019 yil 1 fevral holatiga ko’ra).
Yalpi oltin-valuta zaxiralari 27,2 mlrd. $ ni tashkil etdi (yanvarda bu ko’rsatkich 27 mlrd. $ ni tashkil etgan edi). Ularning xorijiy valyutadagi aktivlari 12,6 mlrd. $ (bir oy oldin 12,4 mlrd. $) ni tashkil etdi.
Ko‘rsatkichlar (mlrd AQSH dollarida) | 01.01.2018 | 01.01.2019 | 01.02.2019 |
I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari | 28 | 27 | 27,2 |
1. Xorijiy valyutadagi aktivlar | 14 | 12,4 | 12,6 |
2. Monetar oltin | 14 | 14,6 | 14,5 |
II. Sof oltin-valyuta zaxiralari | 26,5 | 26,3 | 26,6 |
2019 yil yanvar oyida oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishi qisman oltin narxining 1281,65 dan 1322,50 doll/tr.unsiyaga o‘sishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishiga ta’siri 466,6 mln.doll.).
Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.