2018 yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari soni 7 mingga yaqin boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda ularning soni 35 mingtaga yetib, 5,2 baravarga oshgan. Bu haqda Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Xuddi shunday, suv soligʻi toʻlovchilari soni 3,4 mingtadan 49,3 mingtaga yoki 14,3 baravarga ortdi.

Mol-mulk soligʻi toʻlovchilari soni 9,3 mingtadan 63 mingtaga yoki 6,8 baravarga hamda yer soligʻi toʻlovchilari soni 12,9 mingtadan 72,8 mingtaga yoki 5,6 baravarga oʻsdi.

2019 yil yanvar oyida 14,2 mingta yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravarga koʻp yuridik shaxslar soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan edi.