Telegram’ning IOS va Android uchun fevral oyidagi yangilanishi ishga tushirildi, u bir qancha yangi funksiyalarni qo’shib, messenjerning mavjud xususiyatlarini yaxshilaydi, deyiladi kompaniya blogida.

Videoning avtomatik ravishda ijro etilishi

Kichkina videolar foydalanuvchi xabarlar lentasini ko’rib chiqayotgan vaqtda avtomat ravishda ovozsiz ijro etiladi. Ovoz bilan ko’rish uchun telefonda ovoz balandligini oshirish yoki kamaytirish kerak.

Avtomatik yuklashni sozlagichda to’g’rilash mumkin. Yangi xususiyatlardan mobil tarmoq, rouming va Wi-Fi limitlar o’rtasida tezkor almashinuv paydo bo’ldi.

Bundan tashqari, chat, multimedia turi va fayl hajmi bo’yicha avtomatik yuklashni qo’lda sozlash mumkin.

Trafikni boshqarish

Ushbu sozlamalar endi mamlakatda mobil trafikning mavjudligiga bog’liq. Misol uchun, Telegram Efiopiya kabi mamlakatlarda kamroq trafik ishlatadi.

Agar katta miqdordagi trafik mavjud bo’lsa, unda mediani yuklash uchun tugmachani bosish shart bo’lmaydi — u o’z-o'zidan yoqiladi. Umuman olganda, video, musiqa yoki tasvirni ishlatishdagi trafik sozlamasi o’zgardi.

Multiakkaunt

Endilikda messenjerda uchta turli akkauntlarni qo’shish va ilovadan chiqmasdan turib ularni o’zgartirish mumkin. Agar bir nechta akkauntlar qo’shilsa, push-xabarlar har biridan keladi. Sozlamalarda chatlar ro’yxatini ko’rish mumkin.

Multiakkaunt dastlab Telegramda Android uchun paydo bo’ldi, ammo hozirda iOS uchun ham mavjud.