Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq, bank boshqaruv raisini tayinlashda Markaziy bank bilan kelishilmaydi.
Bank Boshqaruvi raisini tayinlash to‘g‘risidagi qaror, odatda, xorijiy menejerlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov asosida qabul qilinadi. Boshqaruv a’zolari bank Kengashi tomonidan tayinlanadilar.
Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishida bank Kengashi tomonidan saylangan boshqaruv raisini tasdiqlash haqidagi masala ko‘rib chiqiladi.
Boshqaruv raisi bank ishlarini boshqarish uchun zarur malaka, vakolatga ega va tartibli bo‘lishi hamda bankning eng muhim xodimlari faoliyatini tegishli tarzda nazorat qilishi lozim.