Spot barcha banklarning iste’mol kreditlari shartlarini taqqosladi. 2019 yil mart holatiga ko’ra iste’mol kreditlari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi yiliga 30% ni tashkil etadi. Ular bir yildan uch yilgacha, kamdan kam hollarda besh yilga beriladi.
Minimal foiz 22% bo’lib, “Orient Finans” bank tomonidan taqdim etiladi, “InFinBank"da esa maksimal foiz — 38%ni tashkil etadi.
Qarz oluvchi olishi mumkin bo’lgan eng katta miqdor — eng kam ish haqining 500 barobari yoki 100 million so’mni tashkil etadi.
Kreditlar faqat O’zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar uchun beriladi. Bank pullarni kartaga o’tkazib yoki naqd holda bermaydi, balki kreditga olinayotgan tovarlar yoki xizmatlarni pul o’tkazish orqali to’lab beradi.
Kredit olish uchun zarur bo’lgan standart hujjatlar to’plami quyidagilardan iborat:
- pasport nusxasi;
- oxirgi 12 oylik daromadlar bo’yicha ma’lumotnoma;
- tovarlarni sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomasi;
- kredit to’lashni ta’minlovchi hujjatlar.
Ba’zi holatlarda, ular INN, INPS nusxalarini va hatto barcha oila a’zolarini ko’rsatuvchi mahalla qo’mitasidan olingan ma’lumotnoma talab qilishlari mumkin.
Iste’mol krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- mebel, maishiy texnika, zargarlik buyumlari sotib olish;
- davolanish, o’qish yoki sayohat qilish uchun to’lov;
- bazmlarni o’tkazish (to'y, yubileylar);
- ta’mirlash (xizmat haqi, qurilish materiallarini xarid qilish) va boshqalar.
Spot aniq axborot olish uchun bankning o‘ziga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi, chunki shartlar bir qancha omillarga bog’liq.
Bank nomi | Foiz | Pul miqdori (so'mda) | Muddat |
“Agrobank” | Birinchi yil — 28%, 2 — 30%, 3 — 32% | Ish haqi hajmiga bog’liq | 1, 2 ili 3 yil |
“Asia Alliance Bank” | 28% | 100 milliongacha | 3 yil |
“Aloqabank” | 28% | 100 milliongacha | 2 yil |
“Davr-bank” | 36% | 50 milliongacha | 3 yil |
“InfinBank” | 30−38% | 40 milliongacha | 3 yilgacha |
“Ipak yo’li bank” | 28,9% | 80 million | 3 yil |
“Ipoteka-bank” | 25% | 30 million | 1 yil |
“Kapitalbank” | 33% | 30 million | 5 yilgacha |
“Qishloq qurilish bank” | 28% | 100 milliongacha | 5 yilgacha |
“Orient Finans” bank | 22%dan | 50 million | 3 yilgacha |
“Trastbank” | 28% | 40 milliongacha | 2 yilgacha |
“Turkiston bank” | Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo’lmagan miqdorda | 40 million | 3 yilgacha |
“Turonbank” | 29−31% | 60 milliongacha | bir yil va undan yuqori |
HamkorBank | 35% | 40 milliongacha | 3 yilgacha |
“Mikrokreditbank” | 24−26% | 30 million | 2 yilgacha |
NBU | 30% | 60 milliongacha | 3 yil |
“O‘zsanoatqurilishbank” | 28−30% | 40 milliongacha | 3 yilgacha |
Hi-Tech-Bank | 28% | 60 milliongacha | 2 yilgacha |
“Savdogarbank” | 30%-34% | Cheklanmagan miqdorda | 3 yilgacha |
RAVNAQ-BANK | Birinchi yil — 26%, 2 — 28%, 3 — 30% | 20 million | 1, 2 yoki 3 yil |
“Asaka” | 30% | 40 milliongacha | 3 yilgacha |
Ziraat Bank Uzbekistan | 24−26% | 60 milliongacha | 3 yilgacha |
UzAgroExport bank | 30% | 40 milliongacha | 3 yilgacha |