Yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari bojxona to’lovlaridan ozod etildi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar bojxona to’lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod etiladi:
- aviatsiya yoqilg‘isi, lokomotivlar, temir yo‘l vagonlari va butlovchilar (TIF TN kodi 8601 — 8607);
- barcha tipdagi yuk konteynerlari (TIF TN kodi 8609);
- uchish apparatlari (TIF TN kodi 8802);
- ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari (TIF TN kodi 8701 20, 8704 23 (samosvallardan tashqari), 8716 31, 8716 39).
Bunda respublikaga olib kiriladigan aviatsiya yoqilg‘isi o‘rnatilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladi.
Ilgari Spot yakka tartibdagi tadbirkorlarga yengil avtomobillarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish huquqi berilishi haqida xabar bergan edi.