Tesla Inc. Kaliforniyada yangi elektromobil — sport krossoveri Model Y’ni taqdim etdi. Bu haqda “The Verge” xabar berdi.
Tesla kompaniyasining bosh direktori va asoschisi Ilon Mask mazkur tadbirda avval Model 3 sedani bilan bir xil platformada ishlab chiqilgan ixcham krossover (Narxi — 47 ming $, 482 km.ga yetadigan qo’shimcha quvvat zaxirasi bilan jihozlangan) sotuvga chiqarilishini ta’kidladi.
Model Y keyinroq paydo bo’ladi, uni faqat 2021 yilda sotib olish mumkin bo’ladi. 230 km.ga yetadigan qo’shimcha quvvat zaxirasi bilan jihozlangan elektromobil narxi 39 ming $ni tashkil etadi.
Model Y 76% Model 3 detallaridan tashkil topgan bo’lsa-da, undan 10%ga kattaroqdir.
“Avtomobil SUV funksionali bilan ishlaydi, lekin huddi sport avtomobili kabi harakatlanadi”, — “The Verge” Ilon Maskning so’zlarini keltiradi.
Modelga qarab maksimal tezlik — 193 km / soat dan 241 km / soatgacha. Model Y ning 4 ta versiyasi bo’ladi: Standard Range, Long Range, Dual Motor AWD va Performance.
Quvvat zahirasi: komplektatsiyaga qarab 320 dan 450 km gacha. Bundan tashqari, 7 o’rindiqqa ega versiyaga ham buyurtma berish mumkin.
AQShda narxlar 39 ming $dan boshlanadi. Tesla, eng yuqori versiya uchun 60 $ talab qilmoqda. Ikki motor bilan jihozlangan model 51 ming $ni tashkil qiladi.
Kompaniya har yili 250 mingta elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.