Xiaomi kompaniyasi hamyonbop Redmi 7 ni taqdim etdi. Bu haqda “Gizchina” xabar berdi.

Smartfon tomchisimon “o'yiq"li displeyga ega bo’ldi. Ekranning o’lchami 6.26 dyuym (HD +). Qurilma 2/¾ GB operativ xotira bilan bog’langan sakkiz yadroli Snapdragon 632 protsessorida ishlaydi. Ichki xotira 16, 32 yoki 64 Gb. Shuningdek, ikkita sim va 512 Gbaytgacha microSD kartalari uchun alohida joy mavjud.

Redmi 7 sun’iy intellekt funksiyasi mavjud qo’shaloq kameraga ega bo’ldi: 12+2Mp. Old kamera 8 Mp — Face Unlock xususiyatiga ega. MicroUSB’ni zaryad qilish uchun port bilan energiyani tejaydigan 4000 mAh batareya smartfonning avtonomligiga javob beradi.

Qurilma korpusi suvga chidamli maxsus P2i qoplamasi bilan jihozlangan. Uning yordamida, smartfon yomg’ir tomchilaridan qo’rqmaydi.

Smartfon 26 mart kuni Xitoyda sotila boshlanadi. 2/16 GB versiya 104 $, 3/32 Gb 119 $ va eng katta 4/64 Gb versiya 149 $ga baholanmoqda.