Samsung kompaniyasi Galaxy A30, Galaxy A50 va Galaxy A10 smartfonidan so’ng hamyonbop Galaxy A20'ni ham taqdim etdi.

Smartfon, yangilangan A seriyasidagi boshqa qurilmalar singari, plastik korpus va tomchisimon “kesik"li uzaytirilgan ekranga (Infinity-V) ega bo’ldi. Uning diagonali 6,4 dyuymni tashkil etadi.

Qurilmaning samaradorligiga 1,6 GGs chastotali Exynos 7884 protsessori, 4000 mAh batareya, 3 Gbayt operativ va 32 Gb ichki xotira javob beradi. 512 Gbaytgacha microSD xotira kartasi uchun “uya” ham mavjud.

Galaxy A20 qo’shaloq kamera bilan jihozlangan: 13 Mp (f /1.9) + 5 Mp (f /2.4). Birinchi modul asosiy hisoblanadi, ikkinchisi esa chuqurlik sensori. Old kamera — 8 Mp. Smartfon barmoq izlari skaneri, kontaktsiz to’lovlar uchun NFC chipi, USB-C porti va Android 9 Pie OC bilan jihozlangan.

Qurilma 217 $ga baholanmoqda.