Samsung Galaxy A70 smartfonini rasman taqdim etdi.
Smartfon A-seriyaning so’nggi qurilmalariga o’xshaydi. U tomchisimon “o'yiq"ga ega 6,7 dyuymli Super AMOLED ekran bilan jihozlangan bo’lib, unda 32 megapikselli (f / 2.0) old kamera joylashtirilgan.
Smartfon sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 670 chipida ishlaydi. Operativ xotira 6 yoki 8 Gb, ichki xotira hajmi esa 128 GB. Ikkita sim va xotira kartalari uchun alohida “uya” ham mavjud (512 Gbaytgacha).
Qurilma Galaxy A50 kabi uchtalik kamera bilan jihozlangan: 32 Mp+8 Mp (123 darajali burchakka ega+5 Mp (f / 2.2). Smartfon kamerasi 20 xil turdagi sahnalar uchun sozlamalarni avtomatik ravishda o’zgartirishi mumkin.
Galaxy A70 ekranining quyi qismida barmoq izlari skaneri, USB-C port, tezda zaryadlovchi 25 vattli zaryadlagich va 4500 mAh batareya mavjud. Bu Galaxy 10'dan ko’ra kuchliroq. U Android 9 Pie’da ishlaydi.
Qurilma to’rt xil rangda sotuvga chiqariladi: koral, ko’k, qora va oq.