18 martdan 24 martgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 754 dan 470 taga kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 1,6 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 17% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 51% ikkinchi va 32% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 20% ga teng. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari 14% ulush bilan joylashdi.
Keyingi o‘rin Qashqadaryo viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 12% ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 54% ga teng.