So‘m kursining 2018 yil mobaynidagi turli yo‘nalishdagi dinamikasi iqtisodiy islohotlarning to‘lov balansiga bo‘lgan ta’sirini yumshatishga xizmat qildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

So‘mning asosiy savdo hamkor davlatlarning valyutalariga bo‘lgan real indeksining bazis davrga nisbatan tushishi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni asosiy savdo xamkorlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan arzonlashtirish orqali eksportni qo‘llab quvvatlovchi darajada bo‘ldi:

Shuningdek, tovarlar importining o‘sishi sur’atlari tovarlar eksporti o‘sishi sur’atlaridan yuqoriligi defitsitning shakllanishiga asosiy sabab bo‘ldi. Bu holat asosan aholi va tadbirkorlar tomonidan mahsulotlarga talabning ortishi natijasida ularni ichki bozorga yo‘naltirilgani bilan bog‘liqdir.

Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyotning rasmiylashuvi xanuzgacha import hajmiga ta’sirini o‘tkazishni davom ettirmoqda.

2018 yilning ikkinchi yarmida kuzatilgan birlamchi va ikkilamchi daromadlar o‘sish suratining 2017 yilga nisbatan pasayishi, mexnat migrantlarini qabul qiluvchi mamlakatlar hamda O‘zbekiston transchegaraviy pul o‘tkazmalari netto oluvchisi bo‘lgan mamlakatlar valyutalarining kuchsizlanishi bilan qisman bog‘liq.