Mart oyida Spot barcha banklarning iste’mol kreditlari shartlarini taqqoslagan edi.
Iste’mol kreditlarining asosiy noqulayligi: bank pullarni kartaga o’tkazib yoki naqd holda bermaydi, balki kreditga olinayotgan tovarlar yoki xizmatlarni pul o’tkazish orqali to’lab beradi.
Mikrokreditlar jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlari uchun muqobil bo’lishi mumkin. Kreditning maksimal miqdori besh barobar kamroq, lekin mikroqarzlar naqd pulda yoki ariza beruvchining plastik kartasiga o’tkazib beriladi.
2019 yil aprel holatiga ko’ra 27 bankdan 17 tasi mikroqarzlar beradi.
Kredit olish uchun zarur bo’lgan standart hujjatlar to’plami quyidagilardan iborat:
- pasport nusxasi;
- ariza
- oxirgi 12 oylik daromadlar bo’yicha ma’lumotnoma;
- ta’minlanganlik.
Ba’zi hollarda, ular jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasidan ko’chirma va barcha oila a’zolarini ko’rsatuvchi mahalla qo’mitasidan olingan ma’lumotnoma talab qilishlari mumkin.
Shartlar oddiy: doimiy maosh yoki nafaqaga ega bo’lish va uchinchi tomon kafilligi kerak bo’ladi.
Spot aniq axborot olish uchun bankning o‘ziga murojaat qilishingizni tavsiya qiladi, chunki shartlar bir qancha omillarga bog’liq.
Bank nomi | Foiz | Pul miqdori (so'mda) | Muddat |
Bir yil — 34%, 2 — 36% | 2 milliongacha | 1 yoki 2 yilgacha | |
28% | 1 milliongacha | 1 yil | |
35% (naqd pulda), 32% (bank kartasiga) | 2 milliongacha | 1 yil | |
32% | 2 milliongacha | 2 yilgacha | |
32% (naqd pulda), 30% (bank kartasiga) | 2 million | 1 yil | |
32% | 2 million | 1 yil | |
oyiga 3%dan | 2 milliongacha | 1 yil | |
30% 32% | 4 milliongacha 2 milliongacha | 6 oy 1 yil | |
30% | 2 milliongacha | 1 yilgacha | |
40% | 2 milliongacha | 1 yil | |
36% | 2 milliongacha | 1 yil | |
32% | 2 milliongacha | 1 yilgacha | |
Shartnoma asosida | 2 milliongacha | 3 yilgacha | |
36% (naqd pulda), 34% (bank kartasiga) | 2 milliongacha | 1 yilgacha | |
30% | 2 milliongacha | 1 yilgacha | |
34% 36% | 2 milliongacha | 1 yilgacha 2 yilgacha | |
Universalbank | 38% | 2 milliongacha | 3 yilgacha |