International Aerospace Committee (IAC) va “Raqamli ishonch” Jamg‘armasi o‘rtasida myemorandum imzolandi. Bu haqda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar O‘zbekiston da Aviatsiya, Koinot, Energetika va yer resurslari sohasida yuqori texnologiyali loyihalarga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha birgalikda ishlarni olib borish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Memorandum doirasida birinchi loyihalaridan biri — Shveysariyaning Tudor Tech texnologiyalarini transferi bo‘lishi mumkin. Tudor Tech — xavfsizlikni nazorat qilishning tezkor va ishonchli usuli hisoblangan samoletlar va transportning boshqa turlarini rentgen bilan skaner qiluvchi uskunalarni ishlab chiqaruvchi jahonda birinchi va yagona kompaniyadir.

Texnologiya portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, giyohvand moddalar va naqd pullarni noqonuniy o‘tkazish hollarini aniqlash bo‘yicha samarali vosita hisoblanadi va keltirib o‘tilgan tahdidlarni 100% aniqlashning imkonini beradi.

O‘tkazilgan uchrashuv doirasida Jizzax viloyatida skanerlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona barpo etish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilindi. Ishlab chiqaralidigan skanerlar nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyeda aeroportlarning xavfsizligini ta’minlaydilar.

Mazkur loyihani amalga oshirishda International Aerospace Committee (IAC) kompaniyasi “Raqamli ishonch” Jamg‘armasiga Shveysariyadan investitsiyalarni to‘liq miqdorda jalb etish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi.