Tovar xomashyo birjasida oltin quymasi sotuvi bo’yicha ilk shartnoma qayd etildi. Bu haqda birja ma’lumotlarida keltirilgan.
Birjada birinchi oltin sotuvchisi “Olmaliq KMK” AJ bo‘ldi.
Savdo yakuniga ko‘ra 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan bo‘lib, uning qiymati 209,06 mln so‘mga teng bo‘lgan. Birja kotirovkasi deyarli boshlang‘ich bahoda saqlangan — 1 gr oltin 348,4 ming so‘mni tashkil qilgan.
Ilgari Spot xabar berganidek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan mart oyidan Tovar xom-ashyo birjasi savdolarida qimmatbaho metallar sotila boshlandi — umumiy qiymati 192,6 mln so‘mga teng 46,5 kg kumush sotildi.
Qimmatbaho metallarning birja savdolari qonun hujjatlari, birja savdolari va hisob-kitob kliring xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalari asnosida amalga oshiriladi. Birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish taqiqlangan.