9-aprel kuni Islom Karimov nomidagi poytaxt aeroportiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” ning navbatdagi yangi Airbus A320neo havo layneri qo‘ndi, xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Mazkur layner o‘zining yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi qanot konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalari, shu bilan birga simsiz Internet tarmog‘iga ulanish uskunalari bilan jihozlanganligi tufayli avvalgi havo laynerlardan farqlanadi.
Shuningdek, u ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda — 12ta, ekonom klassda — 138ta) tashishga mo‘ljallangan.
Aviakompaniya to‘rta Internet-ulanish paketini taqdim etadi:
- Lite — tezkor messendjerrlarni ishlatish uchun 20 Mb;
- Medium- ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish yoki yangiliklar saytlariga kirish uchun 50 Mb;
- Stream — 120 Mb online ish yoki internetga chiqish uchun qulay internet;
- Business — 220 Mb mazkur xizmatning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish.
Internet tarif rejasining eng kam narxi — 5.95$, eng yuqori narxi -52,95$. Biznes-klass yo‘lovchilari uchun 50 Mb Internet to‘plami bepul taqdim etiladi.
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK aviaparki birinchi Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirilgan edi.