Banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi yil boshiga nisbatan 17,3%ga oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

2019 yil 1 aprel holatiga depozitlar umumiy miqdori 71,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

Depozit mablag‘lari tarkibida milliy valyutadagi depozitlar ulushi 52% dan 63%ga oshib, mazkur ko‘rsatkichni bank aktivlarini (depozit) shakllantirishda horijiy valyutaning ahamiyati pasayganligi sifatida izohlash mumkin.


Ilgari Spot 2019 yilning I choragida banklardagi aholi omonatlari hajmi 8,1%ga oshib, umumiy hajmi 15 891 mlrd. so‘mni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.