Davlat byudjeti ijrosi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz saytida) e’lon qilib boriladi. Bu haqda prezidentning “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Qarorga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Mazkur ma’lumotlar data.gov.uz'da e’lon qilib boriladi. Portaldagi axborotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilib boriladi. Bunda uning ingliz tilidagi shakli 2019 yil 1 avgustga qadar ishga tushiriladi.
Shu maqsadda Statistika qo‘mitasida Portal faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bo‘linma tashkil etildi.
Portalni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uzluksiz ishlab turishini ta’minlash Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Portalda e’lon qilinayotgan ma’lumotlar ham “Ochiq ma’lumotlar global indeksi” va “Ochiq ma’lumotlar barometri” metodikasining asosiy yo‘nalishlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
Xususan, unga ko‘ra davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining ijrosi, vazirlik, idoralarning byudjeti, hududlar kesimidagi byudjetlar, davlat organlarining barcha tanlovlari va tenderlari haqidagi ma’lumotlar mazkur Portalda e’lon qilinadi.
10 aprel 2019, 17:18
Iqtisodiyot
Texnologiyalar
Davlat byudjeti ijrosi Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilib boriladi
Davlat organlarining barcha tanlovlari va tenderlari haqidagi ma’lumotlar Portalda e’lon qilinadi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 800
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 20:11 Transport
Toshkent-Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
2024-yilning 28-dekabridan 2025-yilning 5-yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi. Yo‘lkira narxi 20 ming so‘mni tashkil qiladi.
Bugun, 19:12 Energetika
O‘tgan davrda 1,4 trln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilindi
Xususan, 730,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va 679,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Bugun, 18:13 Biznes
Metan “zapravka"lar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar yumshatilmoqda
Energetika vazirligi matbuot xizmatining “Spot"ga ma’lum qilishicha, hafta oxirigacha AGTKShlar to‘liq ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.
Bugun, 17:31 Biznes
Air Arabia Toshkentdan Ras-al-Xaymaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Qish mavsumi uchun parvozlar 27-dekabrdan boshlanib, haftada bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi.
Bugun, 17:00
International Beverages Tashkent kompaniyasi “Yilning yirik soliq to‘lovchisi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda Pepsi’ning rasmiy ishlab chiqaruvchisi International Beverages Tashkent Uzbekistan Business Awards 2024'da “Yilning eng yirik soliq to‘lovchisi” nominatsiyasida nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi.
Bugun, 16:02 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 8 so‘mga pasayib, 12 920,48 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 15:15 Biznes
Skuter va elektromototsikllarga davlat raqam belgilarini berish boshlandi
Avvalroq IIV tomonidan moped va skuterlarga davlat raqami belgilarini berish uchun yig‘im miqdori 562,5 ming so‘mgacha pasaytirilgan edi.
Bugun, 13:34 Iqtisodiyot
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
Hujjatda poytaxtning qaysi hududlarida rekonstruksiya yoki renovatsiya ishlari rejalashtirilganligi ko‘rsatilgan.