Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy ivestitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning ustav kapitalidagi “O‘zbekneftmahsulot” AJning 100% ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berildi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi “PT Trans Asia Resources” (Indoneziya) xorijiy kompaniyasining investitsiyalarini jalb etgan holda modernizatsiya qilinadi.
“PT Trans Asia Resources” kompaniyasi zavodni modernizatsiya qilib, to‘liq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat konsorsium tashkil etiladi.
Keyinchalik zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi Hukumat shartlari asosida “PT Trans Asia Resources” kompaniyasiga sotiladi.
11 aprel 2019, 11:21
Biznes
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xorijiy investorga sotiladi
Zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi Hukumat shartlari asosida Indoneziyaning “PT Trans Asia Resources” kompaniyasiga sotiladi.
Foto: fnpz.uz
«Spot»
- 1 115
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 20:11 Transport
Toshkent-Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
2024-yilning 28-dekabridan 2025-yilning 5-yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi. Yo‘lkira narxi 20 ming so‘mni tashkil qiladi.
Bugun, 19:12 Energetika
O‘tgan davrda 1,4 trln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilindi
Xususan, 730,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va 679,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Bugun, 18:13 Biznes
Metan “zapravka"lar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar yumshatilmoqda
Energetika vazirligi matbuot xizmatining “Spot"ga ma’lum qilishicha, hafta oxirigacha AGTKShlar to‘liq ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.
Bugun, 17:31 Biznes
Air Arabia Toshkentdan Ras-al-Xaymaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Qish mavsumi uchun parvozlar 27-dekabrdan boshlanib, haftada bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi.
Bugun, 17:00
International Beverages Tashkent kompaniyasi “Yilning yirik soliq to‘lovchisi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda Pepsi’ning rasmiy ishlab chiqaruvchisi International Beverages Tashkent Uzbekistan Business Awards 2024'da “Yilning eng yirik soliq to‘lovchisi” nominatsiyasida nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi.
Bugun, 16:02 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 8 so‘mga pasayib, 12 920,48 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 15:15 Biznes
Skuter va elektromototsikllarga davlat raqam belgilarini berish boshlandi
Avvalroq IIV tomonidan moped va skuterlarga davlat raqami belgilarini berish uchun yig‘im miqdori 562,5 ming so‘mgacha pasaytirilgan edi.
Bugun, 13:34 Iqtisodiyot
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
Hujjatda poytaxtning qaysi hududlarida rekonstruksiya yoki renovatsiya ishlari rejalashtirilganligi ko‘rsatilgan.