Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy yoqilg‘i quyish kompleksini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan “O'zbekneftgaz” AJ loyihasida keltirilgan.
Zamonaviy yoqilg‘i quyish kompleksini qurilishi va kelgusida boshqarish buyurtmachisi sifatida “Jizzakh Petroleum” MCHJ QK belgilanadi.
“O‘zbekneftegaz” AJ va chet ellik ta’sischilarning “Jizzakh Petroleum” MCHJ QK nizom jamg‘armasida ishtirokchilar ulushlari qayta taqsimlanadi. “O‘zbekneftegaz” AJ 30% ulushga egalik, chet ellik ta’sischilarning ulushi 70% etib belgilanishi ko’zda tutilmoqda.
“O‘zbekneftegaz” AJ, “Jizzakh Petroleum” MCHJ QK va “O‘zbekiston xavo yullari” MAK (“Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ) bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshiradi:
- to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida zamonaviy yoqilg‘i-qo‘yish kompleksining loyiha oldi va loyiha xujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli tashkilot belgilash;
- zamonaviy yoqilg‘i quyish kompleksini qurish uchun moliyalashtirishni jalb qilish masalalari chet ellik ta’sischilar bilan ishlab chiqish;
- havo kemalari ehtiyojlari uchun aviatsiya yoqilg‘isi muxtoj hajmlarini importi bo‘yicha to‘xtovsiz ta’minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
“Jizzakh Petroleum” MCHJ QKga bepul foydalanish uchun Sergeli tumani Oltin vodiy ko‘chasida joylashgan “Markaziy yoqilg‘i bazasi” hududining foydalanilmaydigan qismi beriladi.