Rossiyaning StartRocket kompaniyasi kosmosda “orbital bilbord” kabi harakat qiladigan kubsatlar klasterini ishga tushirmoqchi. Ushbu bilbordda tungi osmonda, xuddi sun’iy yulduz turkumi kabi katta reklamalar namoyish etiladi. Va birinchi mijoz PepsiCo bo’ladi, deb yozadi “Hi-News.ru”.
Rossiyadagi PepsiCo vakili Olga Mangova hamkorlikni tasdiqladi:
“Biz StartRocket salohiyatiga ishonamiz. Orbital bilbordlar — kommunikatsiyalar bozoridagi inqilobdir”, — deydi u.
StartRocket kichik sun’iy yo’ldoshlar — tonggi yoki kechki shafaqda yerga quyosh nurini aks ettiradigan kubsatlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
“Bizni brendlar va voqealar boshqaradi. Supercup, Coca-Cola, Brexit, Olipiada, Mercedes, FIFA, Saprim va Meksika devorlari. Iqtisodiyot — bu jamiyatning qon aylanish tizimi. O’yin-kulgi va reklama uning yuragidir”, — dedi loyiha rahbari Vlad Sitnikov.
Bu fikr insonlarning e’tiroziga olib keldi: juda kam odam osmonda bezovta qiluvchi reklamalarni ko’rishni xohlaydi. Olimlarni ham bu g’oya tashvishga solmoqda.
“Bunday ijodiy loyihalarni tijorat, ilmiy yoki milliy maqsadlarsiz ishga tushirish aqlga sig’maydi”, — deydi Michigan universitetining astronomiya bo’yicha professori Patrik Seytser.
StartRocket bu texnologiyani geliy balonidan sinovdan o’tkazdi, bu esa reflektorlardan birini stratosferaga olib keldi. Endi kompaniya 2021 yilgacha tizimni orbitaga qo’yishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Reklamalar 20 ming $ evaziga tungi osmonda sakkiz soat namoyish etiladi.