2019 yilning yanvar-mart oyida neft va ko’mir qazib olish hajmi kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2019-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi 9,0 trln.so'mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 13,4% ni tashkil etdi.
O’tgan yilning shu davriga nisbatan tabiiy gaz qazib olish 4,1% ga, va shag’al — 2,0 m. ga oshdi. Shu bilan birga, ko’mir qazib olish 25,6% ga, neft — 6,4% ga, gaz kondensati — 2,0% ga, chaqiq tosh — 33,1% ga pasaygan.
Joriy yilning yanvar-fevral oyida O’zbekistonda 174,7 ming tonna neft qazib olingan, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 6,4% ga kamdir.
Ma’lumotlarga ko’ra, ko’mir qazib olish hajmi ham qisqarib, 809 ming tonnani tashkil etdi. O’tgan yilning mos davrida esa 1087 ming tonna ko’mir qazib olingan.
Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi esa ortib 15310 mln.kub.m.ni tashkil etdi, 2018 yilning mos davrida 14711 mln.kub.m.ni tashkil etgan.