HUMO kartalarini 1 maydan chiqarish boshlanadi. Bu haqda 17 aprel kuni bo’lib o’tgan Markaziy bank matbuot-konferensiyasida ma’lum qilindi, xabar beradi Spot muxbiri.
Hozirda test rejimida Markaziy bank va tijorat banklari xodimlari uchun bir nechta kartalar chiqarildi. Ulardan aprel oyining oxiri may oyining boshlaridan boshlab foydalanish mumkin bo’ladi.
Markaziy bank qayd etishicha, kartalarni qabul qiladigan 47 990 ta terminal o’rnatildi:
“Avvalo, [Humo] kartalari egalari to’lov muammosiga duch kelmasliklari uchun terminallar o’rnatdik. Hozircha ushbu terminallar UzCard kartalarini qabul qilmaydi, ammo kelajakda bu muammo bartaraf etiladi — masala yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Shu bilan birga, terminallar MasterCard, Visa va UnionPayni qabul qiladi”, deb xabar beradi Markaziy bank.
Ish haqi loyihalari doirasida kartaning muomalasi bepul bo’ladi. Tijoriy ekvayring uchun 0,2% gacha, internet ekvayring uchun — 0,1% gacha komissiya o’rnatiladi.