OSCE (Yevropadagi xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) 14 iyundan 19 iyulga qadar Bratislava (Slovakiya) va Vena (Avstriya) da bo’lib o’tadigan yozgi maktabda ishtirok etish uchun arizalar qabul qiladi.

Tadbirda YXHTga a’zo davlatlarning fuqarolari (O'zbekiston ular orasida) — talabalar yoki oliygohni tamomlagan 27 yoshdan oshmagan bitiruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Maktab bir qator seminarlar, ma’ruzalar va munozaralardan iborat. Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. YXHT ishtirok etish uchun 20 nomzodni tanlaydi.

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

  • magistratura bosqichi yoki bakalavrning so’nggi boscqich talabasi yoki oliygohni yaqinda tamomlagan 27 yoshgacha bo’lgan bitiruvchilar bo’lishi;
  • YXHT’ga taalluqli Xalqaro aloqalar, huquq, yurisprudensiya, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi fanlarni o’zlashtirishi;
  • rus tilini B2 dan va ingliz tilini C1dan kam bo’lmagan darajada bilishi kerak bo’ladi.

Ariza berish uchun summerschool2019@osce.org manziliga rezyume, motivasion xat va insho yuborish kerak bo’ladi. Oxirgi muddat — 15 may.

Ishtirok etish shartlari haqida YXHTning rasmiy saytida batafsil ma’lumotga ega bo’lish mumkin.

YXHT xavfsizlik masalalari bilan shug’ullanuvchi dunyogi yirik tashkilotdir. U Shimoliy Amerika, Yevropa va Markaziy Osiyodagi 57 mamlakatni birlashtiradi.